OFITSER-O‘QITUVCHINING LOYIHALASH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHGA INTEGRATIV-AKSIOLOGIK YONDASHUV.
Abstrak
Maqolada talabalarni o‘qitishning har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qadriyatlar o‘rganilgan. Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va ijtimoiy ongda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks ettiradi. Bu ta’lim sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi g‘oyalar, tushunchalar, me’yorlar, qoidalar, an’analar majmuidir. Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta’lim sifatida yuzaga chiqib, ularda ofitser-o‘qituvchi shaxsining maqsadlari, motivlari, ideallari va boshqa dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar majmui uning qadriyatlar yo‘nalishi tizimini tashkil etadi.