ALALIYALI BOLALARDA FAZOVIY MUNOSABATLARNI IDROK ETISH, TUSHUNISH VA OG‘ZAKI NUTQDA AKS ETTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING TIZIMLI-KORREKSION METODIKASI
Keywords:
motor alaliya, sensor alaliya, fazoviy tasavvurlar, fazoviy gnozis, nutqiy ontogenez, kvazi-fazoviy munosabatlar, ko‘makchilar, o‘rin-payt munosabatlari, neyropsixologik korreksiyaAbstract
Ushbu ilmiy maqolada bosh miya qobig‘ining nutqiy zonalarining organik shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan tizimli nutq nuqsoni – alaliya (xususan, motor va sensor alaliya) tashxisiga ega bo‘lgan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlar va ularning nutqdagi in’ikosini shakllantirish muammolari tahlil qilinadi. Maqolada fazoviy gnozis va nutq ontogenezi o‘rtasidagi bog‘liqlik neyropsixologik nuqtai nazardan ochib berilgan. Alaliyali bolalarda fazoviy munosabatlarni idrok etish, ularning semantikasini tushunish va ushbu munosabatlarni og‘zaki nutqda (grammatik ko‘makchilar va kelshiklar yordamida) aks ettirishning bosqichma-bosqich korreksion-pedagogik metodikasi ishlab chiqilgan va taklif etilgan
