MAKTABDA MOBIL TA’LIM TIZIMIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Mualliflar

  • Ismoilova Mahsuma Narziqulovna

Abstrak

Hozirgi kunda onlayn va masofaviy ta’limga talab oshayotgan davrda mobil ta’limga ham ehtiyoj tug’ildi. Maqola zamonaviy mobil qurilmalar ulardan ta’lim olishda foydalanish, uning imkoniyatlariga bag’ishlangan. Maqolada mobil ta’lim har joyda va har qanday sharoitda ham qulay bo’lib, ta’lim oluvchilar mobil qurilmalardan behuda emas, balki ta’lim olishda foydalanishi, bunda mobil ilovalar qo’l kelishi haqida fikrlar bayon qilingan. Butun dunyoda ta’limda mobil ilovalar va shu bilan birgalikda bulutli texnologiyalardan foydalanish jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Mobil ta'lim texnologiyalari bugungi kunda juda ko'p texnik vositalarni talab qilmaydi, ammo dasturiy resurslarga talab juda yuqori bo’lib qolmoqda. Ushbu maqola mobil ilovalar va bulutli texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim berish jarayoniga bag'ishlangan. Maqolada ta’limda qo‘llaniladigan mobil ilovalarning afzalliklari va bulutli hisoblashning imkoniyatlari  muhokama qilinadi. Mobil qurilmalarning ta’lim jarayonida qo’llanishi va ulardan foydalanishni tahlil qilish orqali samarali ta'lim dasturlarini ishlab chiqish mumkin. Xususan, mazkur maqolada ta’lim jarayonida mobil ta'limning amal qilinishi kerak bo’lgan tamoyillari tahlil qilingan. Muallif maqolada ta’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni qo’llash masalasi jarayonida bulutli texnologiyalarning ahamiyatli tomonlarini ham ochib beradi va ushbu texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash davomidagi yutuq va kamchiliklarni ko’rsatib berilgan

Загрузки

Nashr qilingan

2023-10-09

Nashr

Bo'lim

Статьи