XALQ HUNARMANDCHILIGI VA BADIIY LOYIHALASH FANINI O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI BO‘LAJAK TALABALARNI KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Abstrak
maqolada “Texnologik ta’lim” bakalavriat yo‘nalishidagi “Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash” fani mazmuni va ta’lim jarayonining amaldagi holati tahliliy o‘rganilib, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan. Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minotning tarkibiy qismlari aniqlanib, shu ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga kiritish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yoritilgan.