ZAMONAVIY TIKUV MASHINALARI VA JIHOZLARI FANINI ELEKTRON TA’LIM VOSITALARI ASOSIDA O‘QITISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Abstrak
Hozirgi globallashuv davrida elektron ta’lim deyarli barcha mamlakatlar ta’lim jarayonida tobora ko‘proq namoyon bo‘lib bormoqda. Har bir zamonaviy rivojlangan davlat ta’lim tizimida elektron ta’lim asosiy ulushni tashkil qiladi. Chunki, ta’limda elektron vositalardan foydalanish ta’lim sifatini va samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada o‘quv jarayonini elekton ta’lim vositalaridan foydalanish asosida tashkil etish, shu jumladan, “Zamonaviy tikuv mashinalari va jihozlari” fani ta’lim jarayonini takomillashtirish to‘g‘risida so‘z boradi.