O‘ZBEKISTONDA ZIYORATCHILAR UCHUN SHART-SHAROITLAR YARATISH
Abstrak
Ziyorat turizmi, ba’zan diniy turizm deb ham ataluvchi turizm turi, garchi yangi fenomen deb qaralsada, aslida eng qadimiy turizm ko‘rinishlarida biri sifatida qaralishi mumkin va bunda turistlar – ziyoratchilar qalb sokinligi hamda diniy bilimlarini, tajribalarini oshirishni istashadi. Balki, aynan shu motivlar sababli ham ziyorat turizmi bugungi qizg‘in hayot ritmida keng ommaviylashib borayotgandir. Talab ortgani sari, ziyorat turizmi nafaqat ilmiy, balki nazariy jihatdan ham chuqur tadqiq qilinmoqdaki, bularning barchasining tub mohiyati ziyoratchilarga aynan ular istagan, ular uchun lozim bo‘lgan qulayliklar va shart-sharoitlarni yaratish, pirovarda esa hudud raqobatbardoshligini oshirib ko‘proq daromad olish turadi. Buning uchun dunyo mamlakatlarida ko‘plar ilmiy ishlar qilingan, muqaddas yerlar, ziyoratgohlar bo‘ylab turli turlar ishlab chiqilgan va targ‘ibot ham qilinmoqda. Biroq, O‘zbekistonda garchi ko‘plab diniy va ziyorat obyektlari bo‘lishiga qaramay, hali unchalik keng targ‘ib qilinmayapti va o‘rganilmayapti. Faqatgina so‘nggi yillarda davlat siyosati darajasiga olib chiqildi, bir qator farmon va qarorlar chiqarildi, ammo sayohatchi va ziyoratchilar uchun hamon yetarlicha sharoitlar yaratilgani yo‘q. bundan tashqari, ziyoratgohlar to‘g‘risida, ilmiy, geografik ma’lumotlarning kamligi, ular uchun yana bir muammodir. Shu jihatdan kelib chiqib, ushbu ilmiy maqolada ziyorat turizmi, xususan ziyoratchilar uchun yurtimizda mavjud sharoitlar o‘rganilib, 100 kishi o‘rtasida hech bo‘lmasa bir marta ziyoratga brogan aholi orasida so‘rovnoma olib borildi va olingan javoblar tahlil qilinib, ular asosida ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan