OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ASTRONOMIYA KURSINI O’QITISHDA BOSHQA FANLARNING AHAMIYATI
Abstract
«Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalda joriy etish samaradorligini oshirish uchun ta’lim tizimidagi muayyan ziddiyatlarni bartaraf etish zarurdir. Muayyan ziddiyatlar bu hozirgi kunda ta’lim texnologiyalaridan faol foydalanish zarurati hamda ko’plab o’qituvchilarning ularni amalda qo’llashga tayyor emasligi o’rtasidagi tafovutdir. Bunday tafovutlarni bartaraf qilish omili – texnika va texnologiya erishgan yutuqlarni va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishdir.