ZIYORAT VA DINIY TURIZM: TAFOVUT, O‘XSHASHLIKLARNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Authors

  • NUTFILLO SALIMOVICH IBRAGIMOV
  • БЕКЗОД ШЕРЗОДОВИЧ ШАРИПОВ

Keywords:

Ziyorat, din, diniy turizm, ziyorat turizmi, qora turizm, drakula turizmi, chegara turizmi, ko‘ngilli turizm

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada ziyorat hamda diniy turizmning bir-biridan farqli va o‘xshash jihatlari borasida dunyo olimlari olib borgan tadqiqotlar xususida so‘z yuritilib, ziyorat turizmining konseptual o‘zgarishga uchrashi natijasida zamonaviy ziyorat turizmi shakllarining paydo bo‘lganligi, din va ziyoratning tarkibiy qismi sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, ziyorat turizm hamda diniy turizmning shakllanish jarayoni, ular o‘rtasidagi bog‘liqliklar, nomuvofiqlarning paydo bo‘lishi, yondashuvlardagi farqli jihatlar tahlil qilinib, mualliflarning o‘z yondashuvlari va bu boradagi aniq ilmiy pozitsiyalari asoslangan. Taraqqiyot natijasida ehtiyojlarning ko‘payib borishi ziyorat turizmining turli-tuman, yangi shakllarining vujudga kelishiga sabab bo‘lgani atroflicha o‘rganilib, diniy  turizm va ziyorat turizmi o‘rtasidagi bahslarga sabab bo‘ladigan muammoli jihatlarni hal qilish maqsadida yangi terminologik yondashuvni qo‘llash taklif etilgan. Tadqiqotlar va o‘rganishlar natijasida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslangan holda aniq takliflar o‘rtaga tashlangan.

Published

2023-07-03

Issue

Section

Статьи