MINTAQAMIZDA TAJRIBA STANSIYASI VA TAJRIBA MAYDONLARINING VUJUDGA KELISHI TARIXI
Keywords:
tajriba stansiyasi, tajriba maydoni uchastka, tajribali bog‘bon, mevali ko‘chat, butasimon ekin, paxta, urug‘chilik, fenologiya, xomashyo, tadqiqot, texnika, yangi navAbstract
Ushbu maqolada yangi ekin navlarini joriy etish uchun O‘zbekistonda tajriba stansiyasi va tajriba maydonlarining tashkil qilinishi hamda ularning faoliyati manbalar asosida tahlil qilingan. Rossiya imperiyasi o‘lkamizni istelo qilgandan so‘ng va Turkiston general–gubernatorlik boshqaruvi hukm surgan yillarda (1867 – 1917 yy) mintaqada yuritilgan iqtisodiy siyosat zaminida ko‘proq foyda olish, o‘lka iqlimiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, boy xom ashiyo zahiralarini yaratish maqsadlari ko‘zlangandi. Turkistondagi qulay iqlim, boy flora va fauna, unumdor tuproq, fasllar almashunuvidagi barqarorlik, suv zahiralari va mirishkor dehqon aholi, ananaviy sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, paxtachilik, mevachilik, donchilik, uzumchilik, tamakichilik chorvachilik kabi sohalarni rivojlantirishning bazaviy asoslari mavjudligini ko‘rgan mustamlaka hukumati intelektual salohiyatli kishilarni o‘lkaga safarbar qildi