ПРОЦЕСС РЕФОРМИРОВАНИЯ СУДЕБНЫХ И ПРОКУРОРСКИХ ОРГАНОВ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН: ИСТОРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ (1991-2021 ГГ.).)
Авторы
Batashov Inatillo Kungirovich
Qashqadaryo pedagogik mahorat markazi
Amaliy va ijtimoiy fanlarni o‘qitish metodikasi kafedrasi
katta o‘qituvchi
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: sud-huquq islohoti, prokuratura, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Sudyalar oliy kengashi, ma’muriy sudlar, sud mustaqilligi, jinoiy jazolarni liberallashtirish.
Аннотация
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida sud va prokuratura tizimini isloh qilish jarayoni tahlil qilinadi. Muallif tomonidan 1991–2021-yillar davomida amalga oshirilgan davlat siyosati uch bosqichga bo‘lib o‘rganilgan: birinchi bosqichda mustaqil sud hokimiyati va prokuratura tizimining huquqiy-nazariy asoslari yaratilishi, ikkinchi bosqichda sudlarning ixtisoslashuvi va jinoiy jazolarni liberallashtirish, uchinchi bosqichda esa sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan tub islohotlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda me’yoriy-huquqiy hujjatlar va statistik ma’lumotlarga tayanilgan holda islohotlarning bosqichma-bosqich rivojlanish tamoyillari ochib berilgan.